Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qumqo‘rg‘onda xaroba uyda yashagan oilaga yordam berildi

Qumqo‘rg‘onda xaroba uyda yashagan oilaga yordam berildi

Foto: Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida «Islohotlarimiz samarasini yurtimizda yashayotgan har bir inson, har bir oila bugun o‘z hayotida his etishi kerak» ta’kidlagan edi.

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani «Arslonboyli» mahallasida yashovchi Qarshi aka va Salima opada ikkinchi guruh nogironligi bor, xastaliklari tufayli biror joyda ishlash imkoniyati esa yo‘q edi. Bu oilaning ikki nafar qiz farzandi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj mazkur xonadon egalari uzoq yillar sharoiti yo‘q, xaroba uyda yashab kelayotgan edi.

Tuman hokimligi tashabbusi va boshqa insonlarning ko‘magi tufayli Ersoatovlar oilasiga uy-joy qurish ishlari boshlandi.

Uvalanib ketayotgan xaroba o‘rniga uch xonali uy yangitdan qurib bitkazildi, deyiladi Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring