Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shrabot tumani hokimi ishdan ketdi

Qo‘shrabot tumani hokimi ishdan ketdi

Himmat Oqbo‘tayev

Dilshod Shakarboyev Qo‘shrabot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi ma’lum qilgan.

Ayni paytda Qo‘shrabot tumanida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari Qo‘shrabot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilgan.

Dilshod Shakarboyev

Qo‘shrabot tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Himmat Oqbo‘tayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Tayinlovga qadar D.Shakarboyev Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatining sobiq hokimi Himmat Oqbo‘tayev 2017 yilda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil birinchi yarmida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi davomida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring