Qoraqalpog‘istonning sobiq prokurori 44 yoshida vafot etdi
![Qoraqalpog‘istonning sobiq prokurori 44 yoshida vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/0/720_460_95_1053269265.jpg)
Qoraqalpog‘istonning sobiq prokurori Ikromjon Palvanov og‘ir xastalik oqibatida 44 yoshida vafot etdi. Ayni xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.
I.Palvanov 1977-yili To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. Oliy tahsildan so‘ng faoliyatini tuman prokuraturasida boshlab, Nukus shahar prokuraturasida yordamchi, katta tergovchi lavozimlarida ishlagan.
2008-yilda Xorazm viloyatining Xonqa tuman prokurori etib tayinlangan I.Palvanov keyinroq Buxoro viloyati prokurori, Qoraqalpog‘iston prokurorining birinchi o‘rinbosari vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.
U 2014-yil — 37 yoshida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prorkurori etib tayinlangan edi.
I.Palvanov vafotiga qadar Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim prokurori vazifasini ado etgani aytiladi.
«Xabar.uz» marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter