Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston xalq artisti Kengesboy Serjanov vafot etdi

Qoraqalpog‘iston xalq artisti Kengesboy Serjanov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist hamda Qoraqalpog‘iston xalq artisti Kengesboy Serjanov 66 yoshida vafot etdi.

Kengesboy Serjanov faoliyati davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida, Respublika estrada-sirk kollejida yoshlarga ustozlik qildi. Alisher Navoiy nomidagi katta akademik opera va balet teatrida opera xonandasi sifatida sermahsul ijod qilib, ko‘plab bosh rollarni ijro etdi.

Kengesboy Serjanov keng diapazonli, sahroyi ovoz egasi bo‘lishi bilan birga ko‘plab xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘ldi. Respublikamizga taniqli opera xonandalarini yetishtirishda, mamlakatimizda opera san’atini rivojlantirishda salmoqli hissa qo‘shdi. Kenesbay Serjanovning yorqin xotirasi mudom yodimizda saqlanadi.

Xabar.uz marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring