Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Piskentda «o‘qishga kiritib» qo‘ymoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Piskentda «o‘qishga kiritib» qo‘ymoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning joylardagi boshqarma va bo‘limlari (boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda) tomonidan fuqarolarni pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar fosh etilmoqda.

Xususan, Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.S. xizmat mavqeidan foydalangan holda T.ni tanishlari orqali mazkur oliygohga kiritib qo‘yish evaziga 3000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Buxoro muhandislik texnologiya instituti dekan o‘rinbosari M.A.ning qismati ham shunday bo‘ldi. U Toshkent Davlat irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiya instituti Buxoro viloyat filiali talabasi M.Q. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro O.ni Moskva Davlat Radio elektronika va radio texnika institutiga o‘qishga kirishi uchun onlayn tarzda bo‘ladigan test sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga 2 500 AQSh dollari talab qilib, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtda qo‘lga tushdi.

Piskent tumanidagi maktab o‘qituvchisi X.  esa fuqaro Sh.ni tanishlari orqali Toshkent davlat pedagogika universitetining sirtqi bo‘limiga joylamoqchi edi. Shu xizmati evaziga 3 500 AQSh dollari va 3,8 mln so‘m oldi-yu biroq  cho‘ntagiga solishga ulgurmadi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, qayd etilgan holatlar bo‘yicha firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring