«Qonun barcha uchun barobarmi?»
2022-yil 2-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Qonun barcha uchun barobarmi?» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 26-mart kuni Toshkent shahar IIBB JXX YHXB YPX inspektori O.Isakulov o‘ziga biriktirilgan davlat raqam belgisi 01 667 VSC bo‘lgan «Lacyetti» rusumli transport vositasida Mirobod tumani Istiqbol ko‘chasi bo‘ylab harakatlanish davomida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangani aks etgan vediolavha tarqalgan.
Ushbu holat yuzasidan YPX inspektori O.Isakulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128-4-moddasining 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
«Yuqoridagi videolavhada aks etgan transport vositasi haydovchisi svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanganligi, biroq Toshkent shahar IIBB YXHB YPX inspektori A.Soriyev tomonidan xuquqbuzarlik sodir etmagan fuqaroga nisbatan asossiz ravishda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirganligi yuzasidan Toshkent shahar IIBB YXHB mas’ul xodimlari tomonidan xodimning xatti-harakati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Xizmat tekshiruvi yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter