Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘ng‘irotda 7 kun ichida mingdan ortiq muammolar aniqlandi

Qo‘ng‘irotda 7 kun ichida mingdan ortiq muammolar aniqlandi

Foto: Adliya vazirligi

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlari joriy yilning 16-30-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish yuzasidan tuzilgan Respublika ishchi guruhining boshqa a’zolari bilan hamkorlikda 18-23-avgust kunlari Qo‘ng‘irot tumanidagi Qoraqalpog‘iston, Jaslik, Bo‘ston, Turan, Navoiy, Qo‘ng‘irot MFYlarida uyma-uy yurib, mingdan ortiq muammolar mavjudligini aniqlashdi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ishchi guruh tomonidan ko‘tarilgan muammolarni joyida bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Masalan, xonadonlarga tashrif davomida joriy yilning 18-avgust kuni Qo‘ng‘irot tumani, Bo‘ston MFY, O‘zbekiston ko‘chasi, 143-uyda yashovchi fuqaro Kozikayev Adilxonning nabirasi Adilxanov Tuyliboy 2018-yil may oyida Milliy bankning Qo‘ng‘irot tuman filialiga «iste’mol krediti» olish masalasida tegishli hujjatlar topshirganligi, biroq hozirgi kunga qadar kredit ajratilmayotganligini, ushbu masalada amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat adliya organlari tomonidan o‘rganilib, tegishli amaliy yordam berildi va joriy yilning 20-avgust kuni Milliy bankning Qo‘ng‘irot tumani filiali tomonidan fuqaroga «iste’mol krediti» ajratib berildi.

Shuningdek, Adliya xodimlari tomonidan Qo‘ng‘irot tumani Bo‘ston mahallasi, Nizomiy ko‘chasi, 10-uyda yashovchi fuqaro Saparbayeva Aygul Yangibayevnaning xonodoniga borilganda, A.Saparbayeva eri va ikkita qaynakasi jami 4 kishi yashab kelayotganligi, yashash sharoiti og‘ir ahvolda ekanligi, 1955-yilda tug‘ilgan qaynakasi (63 yoshda) Yesbergenov Askerbaga quyilgan tashxis asosida nogironlikka chiqarishda hamda 1956-yilda tug‘ilgan (62 yoshda) qaynakasi Yesbergenov Qung‘irotbayga pasporti olib berish uchun bir necha marotaba tegishli idoralarga murojaat qilganligi, biroq shu kunga qadar Q.Yesbergenov pasportsiz yashab kelayotganligi, ushbu masalalarda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi.

Mazkur holat adliya organlari tomnidan ko‘tarilgan muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralar bilan ish olib borildi va fuqaro A.Saparbayevaning moddiy yordam ajratish, A.Yesbergenovga nogironlik nafaqasini tayinlash va Q.Yesbergenovga fuqarolik pasportini berish masalalarini hal qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Shu bilan birga, Bo‘ston MFYdagi xonadonlarga tashrif davomida 22-avgust kuni Qo‘ng‘irot tumani, Bo‘ston MFY, Nizomiy ko‘chasida yashovchi fuqaro S.Sohiyeva 3 yoshga to‘lgan farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish masalasida amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati adliya organlari tomonidan o‘rganilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va farzandini Qo‘ng‘irot tumani, Temiryo‘l MFYda joylashgan 8-son maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish choralari ko‘rildi.

Shu kabi, xonadonlarga tashrif davomida 22-avgust Qo‘ng‘irot tumani, «Bo‘ston» MFY, M.Ulug‘bek ko‘chasi, 5-qator, 11-uyda yashovchi fuqaro Jumanov Tajibay jismoniy nuqsonligi hamda kasalligi tufayli o‘ziga tegishli nafaqa pulini olish uchun keliniga ishonchnoma rasmiylashtirib berishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Ushbu murojaatga asosan adliya organlari xodimlari tomonidan joriy yilning 23-avgust kuni fuqaroning xonadoniga tashrif buyurildi va fuqaro T.Jumanov nomidan kelini A.Toqsanbayeva nomiga budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi tomonidan to‘lanadigan nafaqa pullarini olishga va imzo qo‘yishga hamda ushbu vakolatni bajarish bilan bog‘liq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqini berish to‘g‘risidagi ishonchnoma O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 331-moddasiga asosan davlat bojidan ozod etilib, bepul rasmiylashtirib berildi.

Huddi shunday holat, Bo‘ston MFY, M.Ulug‘bek ko‘chasi, 1-qator, 4-uyda yashovchi fuqaro Z.Almuxanova va O.Almuxanov hamda 4-qator, 5-uyda yashovchi fuqaro K.Aytbayevlarning murojaatlariga asosan pensiya olish uchun tegishli ishonchnomalar rasmiylashtirilib berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring