Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizlarni IT sohasida o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasi bo‘ladi

Qizlarni IT sohasida o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasi bo‘ladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari maktabda o‘qiyotgan qizlar va mahalladagi ayollarning kasb-hunar egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.

2022-yil 1-iyundan boshlab bu borada yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi:

  • har bir viloyatdagi monomarkazlar va oliygohlar qoshida Malakani baholash markazlari tashkil etiladi;
  • ushbu markazlar ayollarni talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblarga o‘qishini tashkil etadi va keyin ularga malakasini tasdiqlab beradi;
  • markazlarda «ustoz-shogird» an’analari asosida tajriba to‘plagan xotin-qizlar ham malaka hujjati olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
  • markazlar orqali 2022-yilda 30 ming nafar xotin-qizlarni talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblarga o‘qitib, malaka hujjati berish bo‘yicha davlat buyurtmasi joriy qilinadi;
  • har yili maktab va kollejlarni bitirayotgan 20 ming nafar qizlarni IT sohasida o‘qitish bo‘yicha ham davlat buyurtmasi bo‘ladi;
  • 2023-yildan ushbu tizim chet tillarini o‘rganish yo‘nalishida ham joriy etiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring