Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qiziriq tumaniga hokim tayinlandi

Qiziriq tumaniga hokim tayinlandi

Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun Qiziriq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat rahbari Ulug‘bek Qosimov shu vaqtga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Anvar Oripov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etilganligini bildirib, Allamurotov Sherxon Yo‘lliyevich nomzodini Qiziriq tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Sherxon Allamurotov 1986-yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos. Podpolkovnik harbiy unvoniga ega.

Faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida turli vazifalarda, xususan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar U 2023-yildan buyon Qiziriq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring