«Qizil» pasportni istalgan hududdan olish mumkin bo‘ladi
Prezidentning «Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Hujjatga muvofiq, joriy yil 1-maydan boshlab xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ariza-anketani va davlat bojini elektron shaklda YaIDXP orqali to‘lash mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil yanvardan o‘zbekistonliklarning chet elga chiqishi faqat xorijga chiqish biometrik pasporti bilangina amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter