Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qiyin ahvolda qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Qiyin ahvolda qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Toshkent viloyatidan M.M. 2021-yilning iyul oyida Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahriga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun boradi. Oradan bir yil o‘tib, ish vaqtida yiqiladi va salomatligini yo‘qotadi.

54 yoshli ayol mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilib, salomatligi yomonlashgani va moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolganligi sababli O‘zbekistonga qaytishda yordam so‘raydi.

Yurtdoshimizga yordam ko‘rsatilib, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari evaziga O‘zbekistonga qaytarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring