General Bobojonovning o‘g‘li «Qishloq qurilish bank» raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
ATB «Qishloq qurilish bank» Kuzatuv kengashining tegishli qaroriga asosan bank Boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Boboxon Bobojonov ATB «Qishloq qurilish bank» Boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
B.Bobojonov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va ATB «Qishloq qurilish bank» tizimida turli lavozimlarda hamda Toshkent davlat yuridik universitetining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori vazifasida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Sanjar Olimjonov ATB «Qishloq qurilish bank» Boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
S.Olimjonov shu kunga qadar AITB «Ipak Yo‘li» G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter