Qirolicha Yelizaveta Muhammad alayhissalomning avlodimi?
1986-yilda tashkil topgan «Burke Peerage» Britaniya genealogik nashriyoti Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta ikkinchining genealogik kelib chiqishiga oid tadqiqot natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, qirolicha janobi payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi ekani aniqlandi. Nashriyot 190 yildan ortiq davrni o‘rganib, qirolicha payg‘ambarimizning (s.a.v.) 43-avlodi ekanini ta’kidladi. Nashriyot direktori Xerold Bruks Beykerning ta’kidlashicha, qirolicha payg‘ambarimiz Muhammad(s.a.v.)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qondosh avlodi bo‘lishi britaniyaliklar uchun qisman ma’lum bo‘lib, hatto boshqa islom davlatlarining rahbarlari ushbu faktdan faxrlanadilar.
Ushbu qondoshlik Ispaniyani boshqargan Sevilyadagi arab podshohligi davriga borib taqaladi. So‘ng ularning qoni Portugaliya va Kastiliya qirolliklari orqali Angliyaning XV asrdagi qiroli Eduard IV qoniga qo‘shilgan.
Keling, bir boshdan boshlaymiz.
Muhammad alayhissalomdan keyin ummaviylar xalifaligi o‘rnatilgan. Bu 62 million aholini boshqargan (o‘sha paytda dunyo aholisining 29 foizi) tarixdagi beshinchi imperiya edi. Uning poytaxti Qurdoba (Kordoba) shahri (hozirgi Ispaniyada) bo‘lgan. Qurdoba musulmonlar, nasroniylar va yahudiylarning madaniy va ilmiy markaziga aylangan, o‘sha paytda xalifalik ilm-fan, tarix, geografiya, falakiyot va matematika sohasida jadal rivojlangan.
Ummaviylar xalifaligi islom tarixidagi to‘rt buyuk xalifalikning ikkinchisi — abbosiylar inqilobidan keyin parchalanib ketgan. Muhammad alayhissalomning qizi Fotima(r.a.)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi bo‘lgan Abu Qosim Muhammad ibn Abbos abbosiylar xalifaligiga asos solgan.
Qirolicha Yelizavetaning aynan shu silsilaga genealogik bog‘liqligi aytilmoqda.
Shajara
Yelizaveta II, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi (BQ) qirolichasi
Jorj VI, BQ qiroli
Jorj V, BQ qiroli
Eduard VII, BQ qiroli
Viktoriya, BQ qirolichasi
Eduard, Kent va Stratxarn gersogi
Jorj III, Buyuk Britaniya (BB) qiroli
Frederik, Uels shahzodasi
Jorj II, BB qiroli
Jorj I, BB qiroli
Sofiya, Gannover valiahd malikasi
Yelizaveta, Bogemiya qirolichasi
Jeyms I/VI, Angliya, Irlandiya va Shotlandiya qiroli
Mariya, shotland qirolichasi
Jeyms V, shotland qiroli
Margaret Tyudor, shotland qirolichasi
Yelizaveta, Angliya qirolichasi (York)
Eduard IV, Angliya qiroli
Richard Plantagenet, York gersogi
Konisborglik Richard, Kembrij grafi
Izabella Peres, York gersoginyasi
Mariya Xuana de Padilla, Kastiliya malikasi
Mariya Fernandes de Enestrosa, Kastiliya zodagoni
Aldonza Ramires de Chifontes, Kastiliya malikasi
Aldonza Gonsales Jiron
Sancha Rodriges de Lara
Rodrigo Rodriges de Lara
Sancha Alfonses, Kastiliya malikasi
Zaida (Izabella)
Mo‘’tamid ibn Abbos, Sevilya podshohi
Abbos II Mo‘’tamid, Sevilya podshohi
Abu Qosim Muhammad ibn Abbos, Sevilya podshohi
Ismoil ibn Quraysh
Quraysh ibn Abbos
Abbos ibn Amir
Amir ibn Aslan
Aslan ibn Amir
Amir ibn Itlaf
Itlaf ibn Naim
Naim II Lahmiy
Naim Lahmiy
Zahro bin Husayn
Husayn ibn Hasan
Hasan ibn Ali — Muhammad alayhissalomning nabirasi
Tahririyatdan: ushbu xabar ochiq manbadan olib tayyorlandi. Bizda buning qanchalik to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini o‘rganib chiqishga imkoniyat yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter