Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonlik deputat: «O‘zbekistonlik ishchilarni patentga o‘tkazish kerak»

Qirg‘izistonlik deputat: «O‘zbekistonlik ishchilarni patentga o‘tkazish kerak»

Foto: «Sputnik»

«Respublika — Ata Jurt» fraksiyasi deputati Kenjebek Bokoyev Jogorku Kenesh yig‘ilishida Qirg‘izistonga kelib ishlayotgan o‘zbekistonliklarni patentlash kerak degan taklifni ilgari surdi.

Deputatning aytishicha, Qirg‘izistonda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar soni 100 ming nafargacha yetadi.

«Qirg‘izistonliklar Rossiyada patent bilan ishlashadi. Biz ham O‘zbekistondan kelgan 100 ming nafar migrantni patentga o‘tkazishimiz mumkin. Men davlat migratsiya xizmati vakillari bilan gaplashdim, ular rozi. Agar ruxsatnoma 500 som qilib belgilansa, bir oyda 50 million yig‘iladi. Bitta maktab qurishga yetadigan pul», — dedi deputat.

Bokoyevning qo‘shimcha qilishicha, ayrim ma’lumotlarga qaraganda, migrantlar kirib kelishda chegarachilarga 2 mingdan 5 ming somgacha to‘lashmoqda.

Qirg‘iziston Davlat soliq xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda chet elliklar ham patent olib ishlashlari mumkin. Biroq ishlash uchun uchun avval ular davlat migratsiya xizmatidan ruxsat olishlari, keyin davlat ro‘yxatga olish xizmatida ro‘yxatdan o‘tishlari va undan keyin DSX ga murojaat qilishlari kerak. Aytish kerakki, patent bahosi qirg‘izistonliklarga qaraganda xorijliklar uchun bir necha baravar yuqori qilib belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring