Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi hududlarda o‘rtacha pensiya miqdori eng yuqori va past ekani aytildi

Qaysi hududlarda o‘rtacha pensiya miqdori eng yuqori va past ekani aytildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-2021-yillardagi Farmonlariga asosan pensiyalarning miqdori 67 marotaba oshirildi.

Bu xaqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Shundan, 2021 yil sentyabr oyida bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori Toshkent shahrida 1 250 992 so‘mga, Navoiy viloyatida 1 176 323 so‘mga, Toshkent viloyatda 1 012 617 so‘mga, Buxoro viloyatida 941 411 so‘mga yetdi.

Shuningdek, pensiyaning o‘rtacha miqdori Sirdaryo viloyatida 936 392 so‘mga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 918 930 so‘mga, Samarqand viloyatida 902 172 so‘mga, Qashqadaryo viloyatida 876 728 so‘mga, Xorazm viloyatida 870 800 so‘mga, Surxondaryo viloyatida 850 685 so‘mga, Jizzax viloyatida 848 930 so‘mga, Farg‘ona viloyatida 836 856 so‘mga, Namangan viloyatida 802 125 so‘mga va Andijon viloyatida 801 640 so‘mga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring