Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qatar Airways» O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

«Qatar Airways» O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

2 iyun kuni soat 10:28 da «Qatar Airways» aviakompaniyasining Toshkentga rejalashtirilgan birinchi reysi Doha aeroportidan uchib ketdi. O‘zbekiston poytaxtiga Airbus 320 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 13:30 da qo‘ndi. Parvoz vaqti 3 soatni tashkil qildi.

«Doha – Toshkent – Doha yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi qatnovlari haftasiga to‘rt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus 320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Kelgusida biz Toshkentga parvozlar chastotasini oshirish hamda Buxoro va Samarqandga reyslarni yo‘lga qo‘yishni ham ko‘rib chiqyapmiz», — dedi sharqiy mintaqa katta vitse-prezidenti Marvan Koleylat.

«Qatar Airways» Qatarning milliy aviakompaniyasi bo‘lib, bosh qarorgohi Dohada joylashgan. Aviakompaniya dunyoning 170 dan ortiq yo‘nalishlariga parvoz qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring