Qashqadaryodagi noxush holat fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar, Shahrisabz va Kitob tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar Z.N., S.I va boshqalar o‘z uylarining yordamchi xo‘jaligida tashkil etgan yashirin sexlarda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotganliklari aniqlanib, ushbu xonadonlardan jami 274 litr qo‘lbola yog‘, 421 kg chigit, 5 dona elektr dvigatel, juvoz uskunalari va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter