Qashqadaryoda yirik miqdorda hujjatsiz dorilar sotilayotgani aniqlandi
Qashqadaryo viloyatida 311,5 mln so‘mlik hujjatsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotuvga qo‘ygan dorixona aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi, DXX va viloyat bojxona boshqarmalari xodimlari hamkorligida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda yakka tartibdagi tadbirkor J.A. tegishli tartibda litsenziya olmasdan Qarshi shahri A.Oripov ko‘chasida o‘zboshimchalik bilan dorixona tashkil qilib, dorixonada tegishli hujjatlari bo‘lmagan 269 turdagi 311,5 mln so‘mlik turli nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter