Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzaxda ichimlik suvi ta’minoti 60 foizdan kam — Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalari yuzasidan yig‘ilish boshlandi. Bu haqda Prezident martuot kotibi xabar berdi.
«So‘nggi besh yil davomida aholi suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 10 trillion so‘m yoki oldingi yillarga nisbatan 5 baravar ko‘p mablag‘ ajratdik. Bu davrda ilk bor 6,5 million aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi», — dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.
2021-yilda 6300 kilometrga yaqin ichimlik va oqova suv tarmoqlari tortilgani, 474 ta suv inshooti qurilgani, 592 ta mahallada 2,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilangani ta’kidlandi.
«Eng muhimi, bu ishlar hisobiga 1,5 million aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, hali sohada yechimini kutayotgan muammolar ko‘p», — dedi davlatimiz rahbari.
Misol uchun, 4 mingta mahallada ichimlik suvi sutkasiga 4-6 soat beriladi. 1,5 mingdan ortiq mahallada markazlashgan ta’minot yo‘lga qo‘yilmagan.
Bundan tashqari, 2 mingga yaqin bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalari markaziy tarmoqqa ulanmagani bois, suvni tashib kelishga majbur bo‘lmoqda.
Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzaxda ichimlik suvi ta’minoti 60 foizdan kam.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter