Qashqadaryo hokimlari davolanish uchun Toshkentga jo‘natildi

Qashqadaryo viloyati tuman va shahar hokimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tish va davolanish uchun Toshkent shahriga yo‘l oldi. Hokimlarni Qarshi temir yo‘l vokzalidan kuzatish marosimida Zoyir Mirzayev ham ishtirok etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
«Tarixda birinchi bor davolanish uchun bormoqdasizlar. Demak, dam olishga borayapmanmi yoki davolanishga, degan fikr hammada bo‘lishi kerak. Sizning salomatligingiz jamiyatga ham, oila a’zolaringizga ham kerak. Ertadan o‘rinlaringizni vaqtincha yoshlar egallaydi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «Xalqchil bo‘lishning birdan bir usuli – xalqni dardu tashvishlarini ichida bo‘lish». Yosh rahbarlardan zora bittagina xalq dardiga yechim topa olsak ham, bu katta yutuqdir», – dedi Zoyir Mirzayev.
Qayd etilishicha, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari 10 kun davomida «Chinobod Plaza» sanatoriyasida tibbiy ko‘rik natijalari asosida davolanib qaytishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter