Qarshida shahar kanalizitsiyasi suvlari daryoga oqizilgani aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo daryosiga shahar kanalizatsiyasi oqova suvlari oqizib qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Unda odamlar bu daryoda cho‘milishi, shuningdek, suvdan chorva sug‘orilishi aytilgan.
Qarshi shahar «Suv oqova korxonasi»ga qarashli «Sohil bo‘yi» kanalizatsiyalar nasos stansiyasining nasosidagi nosozlik tufayli kanalizatsiya tarmog‘idan oqib chiqayotgan oqova suv Qashqadaryo daryosiga oqizilgan, deyiladi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi axborot xizmati xabarida.
Ayni paytda kanalizatsiyalar nasos stansiyasidagi kamchiliklar bartaraf etilgan. Qarshi shahar «Suv oqova korxonasi»ning mas’ul xodimlariga nisbatan esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 72-moddasi 1-qismi (suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter