Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarindoshining sudlanganligi davlat ishiga kirishda to‘sqinlik qilmaydi

Qarindoshining sudlanganligi davlat ishiga kirishda to‘sqinlik qilmaydi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-963-son, 20.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonunga ko‘ra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bog‘liq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o‘tash chog‘ida fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqliligi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring