Qamchiq dovonining har 20 kilometrida tez yordam mashinasi turadi
Bugun, 25-yanvar kuni Prezidentning Davlat maslahatchisi Rustam Qosimov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik. Ushbu brifingda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining muxbiri ham ishtirok etmoqda.
— Oldin shaharda 15 ming, qishloqda 13 ming kishilik aholiga bitta tez yordam mashinasi to‘g‘ri kelardi. Endi Prezident talabi bilan har 13 mingga bitta mashina bo‘ladi, — dedi Qosimov o‘z ma’ruzasida.
Shuningdek, davlat maslahatchisi har 7 yilda tez yordam mashinalari yangilanib turishini alohida ta’kidladi. Qolaversa, Qamchiq dovonining har 20 kilometrida tez yordam mashinalari xizmatga shay holatda turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter