Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokurorlarga o‘q uzishga vakolat berildi

Prokurorlarga o‘q uzishga vakolat berildi

Prokuratura organlari xodimlari xizmat qurolini va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan.

31 may kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilgan. Ilgari faqatgina olib yurish mumkin edi.

Shuningdek, «Qurol to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, fuqarolar va maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslarning xodimlari qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Qonun bilan xizmat quroliga hamda fuqaroviy qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar ro‘yxatlari belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring