Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura protesti bo‘yicha Yashnobod hokimi qarori bekor qilindi

Prokuratura protesti bo‘yicha Yashnobod hokimi qarori bekor qilindi

Toshkent shahri Yashnobod tumani prokuraturasining protestiga asosan tuman hokimining yer maydoni ajratish haqidagi 4 yil oldingi qarori bekor qilingan.

Gap shundaki, 2018 yil 22 mayda «Zamonaviy mahalla» loyihasi asosida mahalla markazlari hamda savdo va maishiy shoxobchalari tashkil etish uchun yer maydoni ajratish haqida Yashnobod tuman hokimining 756-sonli qarori qabul qilingan.

Ammo ushbu qaror Toshkent shahar hokimining 2017 yil 31 martdagni 333-sonli qarori talablariga zid ravishda qabul qilingani aniqlangan. Masalan, mahalla binosi majmuasida soyabonlar, bolalar maydonchasi va dam olish maydonlari tashkil qilinmagan, sport inshootlari, kichik arxitektura shakllari va favvoralar, tungi yoritgich moslamalari o‘rnatilmagan.

Shu sababli Yashnobod tuman hokimining 2022 yil 7 apreldagi qarori bilan bundan 4 yil oldingi qaror bekor qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring