Prezidentning yangi farmoni qabul qilindi

«Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy ob’yektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-11-son, 27.01.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi «Uy-joyning yagona hayotiy sikli» tamoyili joriy etiladi:
- turar va noturar joy ob’yektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;
- mavjud yer resurslaridan samarali (intensiv) foydalangan holda uy-joylar qurilishini tashkil qilish;
- uy-joy qurilishi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;
- uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatini yaratish;
- uy-joylar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanishni ommalashtirish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter