Prezidentning Farg‘onadagi qabulxonasi rahbari vafot etdi

O‘zbekiston Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi rahbari G‘ulomjon Boborahimov 65 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi «Daryo».
Marhum G‘ulomjon Boborahimov 1956-yil 27-mart kuni Farg‘ona tumanida tug‘ilgan bo‘lib, iste’fodagi polkovnik, uzoq vaqt davomida ichki ishlar idoralarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Ta’kidlanishicha, u 2020-yil 18-fevral kuni Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi rahbari lavozimiga tayinlangan. Undan avval esa Farg‘ona shahar Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter