Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning «5 ta tashabbus» loyihasi bo‘yicha Bo‘ka tumanida dastlabki amaliyotlar boshlandi

Prezidentning «5 ta tashabbus» loyihasi bo‘yicha Bo‘ka tumanida dastlabki amaliyotlar boshlandi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgandi.

Belgilangan vazifalarni respublika bo‘ylab sifatli amalga oshirishda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida dastlabki tajriba amaliyotlari boshlandi. Bundan ko‘zlangan maqsad mazkur konsepsiya va taklif etilayotgan har bir loyihalarni puxta oprabatsiyadan o‘tkazib, ularni amaliyotda samarali qo‘llashdan iborat.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

«5 ta tashabbus» loyihasi doirasida shuningdek, Sirdaryo viloyatida ishchi guruh tuzilib, ularga yoshlar uchun madaniy tadbirlar va to‘garaklar, kompyuter savodxonligi va internet markazlari, sport to‘garaklari va markazlari, kitobxonlikni kuchaytirish maqsadida mavjud kutubxonalarni invertarizatsiyadan o‘tkazgan holda kitob fondini yangilash, kitob do‘konlari, «book cafe»lar qurish, ma’naviy tadbirlarni ko‘paytirish, uy bekalarini tikuv va tekstil sexlariga jalb etishni tizimli tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Loyiha doirasida Prezident Administratsiyasi rahbar xodimlari, tashabbusga mas’ul bo‘lgan vazirlar va ularning jamoalari shu onda o‘z faoliyatlarini boshlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring