Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yangi unvonni ta’sis etish to‘g‘risida qonun imzoladi

Prezident yangi unvonni ta’sis etish to‘g‘risida qonun imzoladi

Illyustrativ foto

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan (O‘RQ–650-son, 30.11.2020 y.)  imzolandi.

Mazkur faxriy unvon yer osti boyliklari geologiyasi va qidiruvi sohasini rivojlantirish, geologiya-qidiruvga oid ishlab chiqarishni kengaytirish, mineral-xom ashyo bazasini yaratish va mustahkamlash, foydali qazilma konlarini ochish va sanoat yo‘sinida o‘zlashtirishga topshirish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishda va foydali qazilmalarni qazib olishda ekologik jihatdan toza ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish, soha uchun chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash borasidagi katta xizmatlari uchun geologiya, geofizika, gidrogeologiya, tomografiya-geodeziya tarmog‘ining yuqori malakali geologlari va muhandis-texnik xodimlariga hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislariga beriladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring