Prezident yangi farmon qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra milliy ilm-fan va innovatsiya tizimining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rnini oshirish, hududlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga asosan belgilangan vazifalardan kelib chiqib Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy vazifalari va 2021-2022-yillardagi ustuvor faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.
Hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida Vazirlik tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari tashkil etiladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Vazirlik bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar nufuzli xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan ilmiy-innovatsion sohada ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi va amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter