Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident tibbiyot sohasida aynan qanday muammolar borligini sanadi

Prezident tibbiyot sohasida aynan qanday muammolar borligini sanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda tibbiyot xodimlari bilan uchrashmoqda. Davlat rahbari o‘z nutqi davomida shifokorlardan qanday muammolar bo‘yicha murojaat tushgani va qanchasi hal qilinganini aytib o‘tdi.

«Murojaatlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning 8 ming 400 tasi yoki 32 foizi shaxsiy masalalarga oid bo‘lib, bugungi «ochiq muloqot»ga qadar ularning 90 foizi hal qilindi. Qolganlari ham, qisqa muddatlarda o‘z yechimini topadi.

Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari va aholimiz tomonidan kelib tushgan murojaatlarning 68 foizi (17 mingta) tizimli masalalar hisoblanadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, tibbiyot sohasida quyidagi muammolar mavjud:

  • ayrim tibbiyot muassasalari aholi uchun uzoq va noqulay joylashgan. 3 mingdan ortiq mahalla aholisi oilaviy shifokorlik punktiga borish uchun, 10 kilometrdan 75 kilometrgacha yo‘l bosishga majbur bo‘lmoqda;
  • tibbiy xizmatlar aholi ehtiyojiga, hududlardagi odamlarning turmush tarziga, ma’lum bir kasalliklarning ko‘payishiga qarab, belgilanmagan.

Masalan, Qashqadaryoda yurak-qon tomir kasalliklari birinchi o‘rinda bo‘lib (410 ming kishida kasalliklar aniqlangan), har yili kamida 10 foizga oshmoqda. Lekin, kardiologlar shtati va shifoxona o‘rinlari soni so‘nggi 20 yilda o‘zgarmasdan kelmoqda;

  • birlamchi bo‘g‘inda 70 foiz tibbiy asbob-uskunalar eskirgani tufayli, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati pastligicha qolmoqda;
  • shifokorlarning oylik maoshi ish natijasiga qarab emas, lavozim tarif setkasiga ko‘ra belgilangan;
  • ta’lim va amaliyot bir-biridan uzilib qolgan, tibbiyot oliygohlarida bitiruvchilarning aksariyatida, ish faoliyati uchun zarur amaliy ko‘nikma yo‘q.

Davlat rahbari tibbiyotni rivojlantirish uchun 7 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring