«Tashkent City»da eng baland kranni boshqaradigan qiz orden bilan mukofotlandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, Arslanova Nargiza Mutalovna «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.
U «Tashkent City» qurilishidagi eng baland kranni boshqaruvchi, Toshkent shahridagi «Akfa Dream World» mas’uliyati cheklangan jamiyati kran mashinistidir.
Shuningdek, mehnat faxriysi Vohidova Gulchehra G‘ulomovna va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori Sayyora Rashidova Sharafovna «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.
To‘liq mukofotlanganlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Avvalroq, Nargiza Arslanova haqida «Shahrimiz qahramonlari» ko‘rsatuvi olingani haqida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter