Nargiza Xolbayeva «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «N.Xolbayevani «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, mamlakatimiz ta’lim tizimidagi samarali mehnati, yurtimizda sportni keng ommalashtirish va rivojlantirish, aholi, xususan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, navqiron avlodni mustahkam irodali, jismonan va ma’nan barkamol etib voyaga yetkazish borasidagi katta xizmatlari, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular qalbida ilm-ma’rifatga intilish, mehnatsevarlik fazilatlarini kamol toptirishga qo‘shgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xolbayeva Nargiza Ibadullayevna «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Bugun Sirdaryo viloyati hokimligida davlat mukofoti tantanali ravishda N.Xolbayevaga topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter