Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident energiya ta’minoti sabab mansabdorlarni keskin tanqid qildi

Prezident energiya ta’minoti sabab mansabdorlarni keskin tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Yig‘ilish avvalida davlatimiz rahbari so‘nggi kunlarda aholimizni qiynayotgan energiya ta’minoti masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Oxirgi olti yilda sohada katta o‘zgarishlar bo‘lgani, jumladan:

- 5 ming megavattdan ortiq yangi elektr quvvatlari yaratilgani (avvalgi 25 yilda bor-yo‘g‘i 3,3 ming megavatt quvvatlar ishga tushgan);

- 45 ming kilometr elektr tarmoqlari va 13 mingdan ortiq transformator punktlari yangilangani (bu ham avvalgi yillarga nisbatan 3-4 baravar ko‘p);

- suyultirilgan gaz va ko‘mir ishlab chiqarish hajmlari 1,5 baravarga oshgani ta’kidlandi.

«Lekin bir hafta bo‘lgan sovuqda O.Ramatov, M.Abdullayev, F.Abduraxmanov, D.Isakulov, U.Mustafoyev, B.Normatov, B.Eshmurodov, viloyat, tuman, shahar hokimlari va sektor rahbarlari pastda ishlamagani ko‘rinib qoldi.

Ular qishga tayyorgarlikni barbod qildi, shuncha qilayotgan islohotlarimizni obro‘sizlantirdi.

Vaholanki, ularning tizimida 115 mingdan ziyod xodimlardan iborat katta armiyasi bor. Ular ham oylik oladi», — dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring