Prezident sovg‘asi: Samarqand mudofaachilariga «Captiva» va «Nexia» berildi
Samarqand shahridagi Ko‘ksaroy maydonida viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi hamda uning tuman va shahar bo‘limlariga «Prezident sovg‘asi» — xizmat avtomashinalari topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Samarqand viloyat hokimligi tomonidan Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasiga «Captiva» hamda tuman va shahar mudofaa ishlari bo‘limlariga «Nexia» rusumli xizmat avtomashinalari berildi.
Avtomashinalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov va viloyat hokimi T. Jo‘rayev tantanali topshirdi.
Prezident sovg‘asi — xizmat avtomashinalari har bir mahallaga borib, o‘z vaqtida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib, chaqiriluvchilarga tushuntirishlar berib, chaqiruvlarni samarali tashkil etishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter