Prezident sovg‘asi hududlariga jo‘natildi
Yangi — 2019-yil arafasida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, Mehribonlik va Muruvvat uylari hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan 11 nomdagi o‘quv qurollari va 17 nomdagi shirinliklardan iborat qariyb 11 ming dona sovg‘a mamlakatimizning turli hududlariga jo‘natildi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar berdi.
— Mazkur ayyomni hammadan ham ko‘proq jajji bolajonlar intiqlik bilan kutadi, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev. — Bu bejiz emas, albatta. Negaki, ko‘tarinki ruhda tashkil etiladigan «Prezident archasi» bayram tadbirlarida tuhfa etiladigan «Prezident sovg‘asi» orziqqan yuraklarni jamiyatdan mustahkam o‘rin topishga undaydi, hamisha mehr-e’tibor og‘ushida ekanliklaridan mamnun qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter