Prezident sel va ko‘chkilarga nima sabab bo‘lganini aytdi
Yig‘ilish kun tartibidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalasi ham o‘rin oldi. Joriy yilning mart-may oylarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 15 ga yaqin yirik sel va ko‘chkilar sodir bo‘ldi.
Oqibatda 9 nafar inson halok bo‘ldi. 245 ta xonadon, 19 ta ko‘prik zarar ko‘rdi, 450 dan ortiq bosh chorva mollari nobud bo‘ldi. Bunga sel va ko‘chki xavfi yuqori hududlarda yillar davomida betartib pala-partish sug‘orilgani ham sabab bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga:
- tog‘ daryolari va soylari, sel yo‘llari joylashgan hududlarda tunu-kun ishlaydigan shtablar tashkil etish va qutqaruv otryadlarini ko‘paytirish;
- daryo qirg‘oqlari, suv omborlari, selga qarshi inshootlarning favqulodda vaziyatlarga shaylik holatini o‘rganib, ularni mustahkamlash;
- xavfli hududlarda yashayotgan xonadonlarni xavfsiz hududlarga doimiy ko‘chirish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter