Prezident videoselektorda qator yangilanishlarni e’lon qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yurak qon-tomir kasalliklari oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kardiologiya xizmati bo‘yicha qator yangilanishlar bo‘lishi e’lon qilindi.
Jumladan:
- Respublika kardiologiya markazining viloyat filiallarida ko‘rsatiladigan xizmatlar 15 tadan 35 tagacha yetkaziladi;
- (misol uchun, Kardiologiya markazining Xorazm viloyati filialiga Orolbo‘yi mintaqaviy markaz maqomi berilib, uni jihozlashga 20 mlrd so‘m ajratilgani hisobiga respublika darajasidagi barcha amaliyotlar viloyatning o‘zida yo‘lga qo‘yiladi);
- ushbu amaliyot Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxda, kelgusi yil yakunigacha Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida yo‘lga qo‘yiladi.
- kelgusi yil 1 iyunga qadar Kardiologiya markazi viloyat filiallari zamonaviy angiograf bilan ta’minlanadi;
- kelgusi yil yakuniga qadar Nurafshon shahrida barpo etilayotgan Tibbiyot klasterida Kardiologiya markazi tashkil qilinadi;
- bundan buyon bemorlarning respublika markazlarida davolanishi uchun berilgan barcha imtiyozlar ularning filiallariga ham to‘liq tatbiq etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter