Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident muhim qonunni imzoladi

Prezident muhim qonunni imzoladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasini imzoladi.

«Men ushbu g‘alaba bilan faxrlanaman va unda  ishtirok etgan barchadan minnatdorman! Oldinda ushbu moddalar ishlashi va jamiyat o‘zgarishi uchun qiyin va uzoq yo‘l turibdi.

Men barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyatlari, faollar va media — barcha-barchani bu jarayonga qo‘shilib, zo‘ravonlikka qarshi kurashning yagona mexanizmiga aylanishga chaqiraman. Zo‘ravonlik — jinoyat. Zo‘ravonlik — bizning madaniyatimiz emas!», — dedi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, bu qonun ustida bir guruh rasmiylar va jamoatchilik faollari ish olib bordi.

Yangi qonunda ayolni abort qilishga majburlash, nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, jinsiy aloqaga majburlash, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish, pornografiya tayyorlash va tarqatish kabi jinoyatlar uchun jazolarni og‘irlashtirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu qonunga ko‘ra jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar muddatidan ilgari jazodan shartli ozod qilinmaydi, ularning jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilmaydi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda ham pedofillarning reyestri yuritiladigan bo‘ldi. Shuningdek, bu qonun bilan oiladagi zo‘ravonlik jinoyat deb e’lon qilinyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring