Prezident metroning Yunusobod yo‘nalishi qurilishini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 9-fevral kuni Yunusobod tumanida bo‘lib, metropoliten qurilishi bilan tanishgan edi.
Davlatimiz rahbari 26-oktyabr kuni bu yerga yana bir bor tashrif buyurib, qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.
Hozirgi kunda bu yerda Turkiston va Yunusobod stansiyalari hamda ular oralig‘ida tunnelni qurish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu tunnelni yopiq usulda qazish uchun Germaniyadan «Xerrenktnext» kompaniyasining mexanizatsiyalashgan majmuasi keltirilgan. Bu ulkan texnika may-sentyabr oylari davomida yig‘ilgan. Soha mutaxassislari Germaniyada malaka oshirib keldi. Ko‘prik qurilish tresti tomonidan tunnel devorlarini mustahkamlovchi tyubinglar ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi.
Hozirgi kunda tunnel qazish ishlari boshlab yuborilgan.
Prezidentimiz ushbu texnik majmuani ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilarga metro stansiyalarining tashqi ko‘rinishi va infratuzilmasi bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Transport kommunikatsiyalarini qurishda shaharning kelgusi rivojini hisobga olish, hamma uchun qulay bo‘lishini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter