Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan bo‘shatdi

Prezident Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan bo‘shatdi

Foto: Xabar.uz

Prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilish boshlandi.

"Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan o‘tkazayapman", - dedi davlatimiz rahbari.

Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol ko‘rsatib qo‘ygani ta’kidlandi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.

Vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun bugun Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi.

Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etilib, hokim vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tushirildi. DXX va Bosh prokuraturaga ularning faoliyatini o‘rganish topshirildi.

«Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati raisi F.Abduraxmonov lavozimidan ozod etildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring