Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni bilan tayinlovlar amalga oshirildi

Prezident farmoni bilan tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezidentning tegishli farmonlariga muvofiq qator tayinlovlar amalga oshirildi. Unga ko‘ra:

- Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi;

- Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini bajarish yuklatildi;

- Abdulla Xamidullayevich Qo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Bundan ilgariroq ushbu nomzodlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring