Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtdoshlarimiz chet elda asosan og‘ir mehnat bilan shug‘ullanayotgani aytildi

Yurtdoshlarimiz chet elda asosan og‘ir mehnat bilan shug‘ullanayotgani aytildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda bandlik tizimiga kiruvchi kasbga tayyorlash muassasalari faoliyati ham talab darajasida emasligi ta’kidlandi.

Masalan, hozirda chet elda ishlayotgan vatandoshlarimizning aksariyati oddiy va og‘ir, kam ish haqi to‘lanadigan mehnat bilan shug‘ullanmoqda.

Yevropa, Osiyoning rivojlangan mamlakatlari bilan juda katta kelishuvlar doirasida 150 mingta ishchiga buyurtma berilgan bo‘lsa-da, bor-yo‘g‘i 9 ming ishchi yuborildi.

Shu munosabat bilan tashqi mehnat migratsiyasi tizimidagi ishlarni lozim darajada tashkil qilish muhimligi qayd etildi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ish o‘rinlarini yaratish va aholini kasbga o‘qitish borasidagi kamchiliklarni bartaraf etib, 100 ming ishchiga kasb-hunar va til o‘rgatib, uyushgan holda chet el korxonalariga ishga yuborish vazifasi qo‘yildi.

Ayni paytda yig‘ilishda iqtisodiy kompleks hamda hududlar rahbarlarining axboroti tinglanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring