Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bosh vazirga tezkor topshiriq berdi

Prezident bosh vazirga tezkor topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident vaziyatni o‘nglash bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.

Bosh vazir A.Aripov va energetika vaziri J.Mirzamahmudovga bor imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatadigan tizim yaratish topshirildi.

Kelgusida bunday vaziyatga yo‘l qo‘ymaslik uchun hozirdan aniq choralarni belgilash, ya’ni qayerda gaz bo‘lmasa, suyultirilgan gaz yoki ko‘mir yetkazishni bugundanoq hal qilish vazifasi qo‘yildi.

Ikki oy muddatda xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelib, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash vazifasi qo‘yildi.

Energiya ta’minotida qayerda uzilish bo‘lgan bo‘lsa, uning sabablarini ko‘rsatib, oqibatlari qancha muddatda bartaraf etilishini odamlarga tushunarli tarzda yetkazish zarurligi qayd etildi.

Bugungi sovuq kunlarda qarzdorlik deb, xonadonlarni elektr va gazdan uzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi.

Avvalroq, energetika sohasidagi korrupsiya bo‘yicha DXX va Bosh prokuraturaga alohida topshiriq berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring