Poytaxtda Markaziy Osiyoning transport-tranzit salohiyatiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi
Bugun, 20-sentyabr kuni Toshkentda «Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar» mavzuida xalqaro konferensiya boshlandi.
Unda xalqaro moliyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport-tranzit salohiyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni ishlab chiqish masalalari keng muhokama qilinadi.
Nufuzli anjumanda 37 mamlakatdan 300 dan ortiq mehmon qatnashmoqda. Ular orasida Jahon banki, OTB, ITB, YeTTB, OIIB, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi, YeXHT, GXHJ, ShHT, IHT, MDH, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi, TRASEKA dasturi, Xalqaro avtomobil transporti uyushmasi, Temir yo‘llar hamkorligi tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va yetakchi transport kompaniyalari vakillari bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter