Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt bozorlaridan birida yaroqsiz go‘sht aniqlandi

Poytaxt bozorlaridan birida yaroqsiz go‘sht aniqlandi

Toshkent shahrida sifatsiz go‘sht va sut mahsulotlarini aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazilgan.

Unda Toshkent shahar IIBB JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislari ishtirok etishgan.

Qayd etilishicha, Yakkasaroy tumanidagi dehqon bozorlaridan birida hamkorlikda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarning iste’molga yaroqliligi tekshirildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida jami 24.5 kg yirik shoxli mol go‘shti hamda 25.5 kg istemolga yaroqsiz tovuq go‘shti mahsulotlari aniqlandi.

Iste’molga yaroqsiz mahsulotlari veterinariya sanitariya qoidalariga binoan utilizatsiya qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring