Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Po‘lat Bobojonov Buxoroda 13 mansabdorni jazoladi

Po‘lat Bobojonov Buxoroda 13 mansabdorni jazoladi

Buxoro viloyatida faoliyati davomida asossiz xotirjamlikka berilib, bir qator kamchilikka yo‘l qo‘ygan 5 nafar sektor rahbari va 8 nafar mas’ul rahbarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari ko‘rilgan.

Prezident maslahatchisi Baxtiyor Islomov va Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo respublika ishchi guruhi 17-20 may kunlari Buxoro viloyatining barcha tuman-shaharlarida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rgangan.

Aytilishicha, respublika ishchi guruhining viloyatdagi o‘rganishlari yakuni bo‘yicha, viloyat sektor va mutasaddi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Viloyatda aholi murojaatlari bilan ishlash ahvoli qoniqarli darajada emasligi ishchi guruh mas’ullari tomonidan qattiq tanqid ostiga olingan. Jumladan, o‘tgan yilda hal etilmagan murojaatlarning 80 foizi qayta o‘rganilib, muammolar bartaraf etilgan. Viloyat mutasaddilari esa to‘g‘ri tushuntirish bilan cheklangan xolos.

Shuningdek, mahallalarda 4,3 km. ichimlik suvi tarmog‘i tortilgan, 19 km. gaz quvurlari ta’mirlangan, 8 512 dona suyultirilgan gaz balonlari tarqatilgan, 5,1 km. ichki yo‘llarga shag‘al va 4,9 km. asfalt yotqizilgan. Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida 109 ta piyodalar o‘tish yo‘lagi chizilgan, 179 ta yo‘l belgisi va svetoforlar o‘rnatilgan.

Viloyat hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 120 ta jinoiy holat va 151 ta ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan, ilgari sodir etilib, ochilmasdan qolgan 12 ta jinoyat fosh etilgan, 14 nafar qidiruvdagi shaxs ushlangan. Maxsus «Avtoreyd» tadbirlarida esa 4010 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring