Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pochta siri: senatorlar yangilangan qonunni ma’qulladi

Pochta siri: senatorlar yangilangan qonunni ma’qulladi

Bugun boshlangan Oliy Majlis Senatining 25-yalpi majlisida «Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan.

Qonun bilan quyidagilar pochta aloqasi siri deb topilgan va ular davlat tomonidan kafolatlanadi:

  • foydalanuvchilarning manziliga oid ma’lumotlar;
  • pochta va kurerlik jo‘natmalari;
  • ularning tarkibi to‘g‘risidagi axborot;
  • pochta aloqasi operatorlari hamda provayderlarining faoliyati sohasiga kiradigan boshqa xabarlar.

Shuningdek, qonun bilan pochta aloqasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari kengaytirilib, unga asosan davlat tomonidan pochta aloqasini xalqaro normalar va standartlarga muvofiq rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, ilg‘or innovatsion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini rag‘batlantiriladi.

Bundan tashqari, qonun pochta aloqasining xavfsizligini ta’minlash choralari to‘g‘risidagi yangi norma bilan to‘ldirilmoqda. Xususan, pochta aloqasining xavfsizligi pochta aloqasi sirini himoya qilishga, pochta va kurerlik jo‘natmalarining, pochta aloqasi vositalarining but saqlanishini ta’minlashga qaratilgan.

Qonun prezident tomonidan imzolangach, kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring