Pskentdagi «ommaviy daraxtkushlik» yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Kecha, 22-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Pskent tumanidagi daraxtlarning ommaviy kesilgani aks etgan suratlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgani aytilmoqda.
O‘rganish ishlarida aniqlanishicha, Pskent tumani davlat o‘rmon xo‘jaligining Angren bo‘limi 69-kvartalida tol manzarali daraxtlari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining tegishli buyruqlariga asosan, xususan, shu yilning 7-mart kuni 42 tup tolda qayta tiklash hamda 8-iyulda 51 tup tolda sog‘lomlashtirish ishlari olib borilgan.
Hudud qaytadan tekshirilganda esa qayta tiklash hamda sog‘lomlashtirish ishlari olib borilgan daraxtlardan boshqalariga ziyon yetkazilmaganligi aniqlangan.
Shuningdek, davlat o‘rmon xo‘jaligi mas’ullarining bildirishicha, mazkur amaliyot mavjud bo‘lib, uning amalga oshirilishi natijasida tol daraxtlarining o‘suvchanligi yanada oshadi. Ushbu hududdagi tollarning ham hozirda rivojlanishi yaxshi bo‘lib, doimiy agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter