Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiyalarni naqd pulda olishda hech qanday cheklovlar kiritilmagan. Biroq...

Pensiyalarni naqd pulda olishda hech qanday cheklovlar kiritilmagan. Biroq...

Foto: Xabar.uz

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda pensiya to‘lovlarini plastik kartalarga o‘tkazish orqali to‘lash masalasi keng muhokama qilinmoqda. Shu o‘rinda buning asl mohiyatni to‘g‘ri anglash maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati.

Avvalo, bu masala ma’lum muddatda bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqariladi. Chunki axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yanada takomillashib borayotgan bir paytda naqd pulsiz hisob-kitoblarning masofadan turib amalga oshiriladigan yangi turlari kengaya boradi.

Shu bilan birga, bu jarayonga parallel ravishda naqd pul olish imkoniyatini beradigan bankomatlar tizimi kengaytiriladi. Shuningdek, jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan naqd puldan foydalanishni minimal qisqartirishga erishiladi.

Lekin bugungi kunda pensionerlar o‘z pensiyalarini naqd pulda olishlariga hech qanday cheklovlar kiritilmaganini ham ta’kidlash joiz, – deyiladi Senat axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring